Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya «Shimoliy oqim - 2» va Kerch bo‘g‘ozidagi vaziyatni aralashtirmaslikka chaqirdi
Foto: Aksel Shmidt/RIA «Novosti»
Germaniya iqtisodiyot vaziri Peter Altmayyerning ma'lum qilishicha, mamlakatining «Shimoliy oqim - 2» gaz quvuri loyihasiga bo‘lgan sadoqati Kerch bo‘g‘ozidagi vaziyatni yumshatishga qaratilgan sa'y-harakatlarga ta'sir ko‘rsatmaydi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Altmayyerdan Germaniyaning Rossiyadan Yevropaga Ukrainani chetlab o‘tgan holda gaz quvuri qurish ustida ishlashga roziligi, Rossiya-Ukraina munosabatlaridagi keskinlikni kamaytirish bo‘yicha sa'y-harakatlarga putur yetkazayotgani haqidagi xabarlarga izoh so‘rashdi.
«Bu ikkita alohida masala», - deya ta'kidlab o‘tdi vazir.
Shuningdek, u Kerch bo‘g‘ozidagi hodisadan keyin qo‘lga olingan ukrainalik dengizchilarni ozod qilishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Rossiya bilan keng miqyosli urush xavfi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
15:49
Finlandiya AQShni Ukrainaga kafolatlarni ehtiyotkorlik bilan ta’riflashga chaqirdi
13:53
Estoniya Rossiya bilan chegaradagi ikki punktda harakatni cheklaydi
13:46
Kiyevda 1100 dan ortiq uy kamida ikki oy issiqliksiz qoladi
12:25