Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaliklar Rossiyaga kiritilmayotgani ma'lum qilindi
Foto: Petr Sivkov / TASS
«Rossiya chegarachilari so‘nggi kunlarda o‘nlab Ukraina fuqarolarini RF hududiga kiritishmadi», – dedi Ukraina davlat chegara xizmati boshlig‘i Petr Tsigikal UA TV telekanali efirida.
Uning aytishicha, Kiyev cheklov joriy etgach, Rossiya ukrainaliklarni hech qanday tushuntirishlarsiz chegaradan qaytarib yubormoqda.
«Rossiyaga 40-50 kishi o‘tolmagan. Ularga bu borada hech qanday hujjat berilmagan», – dedi u va ukrain chegarachilari rossiyaliklarni mamlakatga qo‘yishmagani uchun bayonnoma tuzishlarini qo‘shib qo‘ydi.
Tsigikal shuningdek, mamlakatning o‘nta oblastida harbiy holat joriy etilganidan so‘ng Rossiyaning 600 nafar fuqarosi Ukrainaga kiritilmaganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, diplomatik pasporti bo‘lgan, bemor qarindoshini ko‘rish, musobaqa va madaniy tadbirlarda ishtirok etish uchun kelayotgan rossiyaliklar Ukrainaga kiritilmoqda.
30 noyabrda 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan Rossiyaning erkak fuqarolarining Ukraina hududiga kirishi borasida cheklov joriy etilgandi.
Mavzuga oid
23:08 / 05.02.2026
Sankt-Peterburgda noqonuniy migrantlarni qidirish uchun itlar va dronlar ishga solindi
22:35 / 05.02.2026
Rossiya elchixonasi O‘zbekistonni yangi migratsiya siyosati haqida xabardor qildi
21:03 / 05.02.2026
2025 yilda 200 ga yaqin o‘zbekistonlik Rossiyadan boshpana so‘radi
18:27 / 05.02.2026