Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatida bir guruh bosqinchilar qo‘lga olindi
Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida shu yil 1 dekabr kuni noma'lum shaxslar yuzlariga niqob kiygan holda Shovona MFYda yashovchi Sh.O.ning uyiga bostirib kirgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Ular uni o‘tkir tig‘li jism bilan qo‘rqitib, yotoqxonasidan “iPhone-5”, “Artel” va “Samsung” mobil telefonlari hamda 1 dona “NR” noutbukini olib, voqea joyidan yashiringanlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Navoiy viloyati yashovchi S.N., hamqishloqlari X.M., F.A., J.Z., Qo‘shrabot tumanida yashovchi D.A. va Narpay tumanida yashovchi B.B. sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar.
Ashyoviy dalil sifatida mobil telefonlari olingan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
11:10 / 30.12.2025
Samarqand viloyatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
12:09 / 23.12.2025
Samarqandda ikki sud raisi ishdan olindi
21:42 / 21.12.2025