Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Belarus mustaqilligi bo‘yicha maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi – OAV
Foto: TASS
Aleksandr Lukashenko Belarus oliy rahbariyati bilan «Rossiya bosimi»ga bag‘ishlangan yopiq yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar berdi «Nasha Niva» nashri o‘z manbalariga tayanib.
Yig‘ilishda «Rossiya tomonidan bosim sharoitida» ko‘riladigan choralar muhokama qilingan.
«Prezident huzurida katta yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mustaqillik uchun oxirigacha turish haqida so‘z bordi. Buni hamma qo‘llab-quvvatladi», degan nashr manbasi.
Avvalroq Minskda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Lukashenko mamlakat mustaqilligini saqlash uning muhim vazifasi ekanligini ta'kidlagandi.
«Agarda bizni Jirinovskiy taklif qilganidek, oblastlarga bo‘lib tashlash va Rossiyaga qo‘shib olishni istashsa – bu holat hech qachon bo‘lmaydi. Agarda Rossiya rahbariyati ana shunday o‘yda bo‘lsa - bu Rossiyaning zarariga bo‘ladi. Biz uchun suverenitet muqaddas narsa, bu haqda oldin ham aytganman», degandi Belarus prezidenti.
Mavzuga oid
10:30 / 21.01.2026
Lukashenko Trampning “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilishga rozi bo‘ldi
15:24 / 31.12.2025
Lukashenko 20 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
17:30 / 25.12.2025
Amerikaliklar Lukashenkoning samolyotini tuzatib berishgan va ozish uchun dori tavsiya qilishgan
23:50 / 17.12.2025