Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Bosh assambleyasi KXDRdagi inson huquqlari bo‘yicha rezolyutsiya qabul qildi
Foto: REUTERS
BMT Bosh assambleyasi KXDRda inson huquqlari buzilishini qoralovchi rezolyutsiya qabul qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Hujjatda aytilishicha, BMTga a'zo davlatlar Shimoliy Koreyada inson huquqlarining «tizimli», «keng tarqalgan» va «qo‘pol» buzilish holatlarini qoralaydilar.
Shuningdek, Bosh assambleya «qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazolar» haqida kelib tushayotgan turli xabarlardan tashvishda ekanini bildirdi.
BMT Shimoliy Koreya hukumatini «barcha inson huquqlarini hurmat qilish» va «buzilishlarni zudlik bilan to‘xtatishga» chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR AQShning yangi sanksiyalarini siyosiy provokatsiya deb atagandi.
Mavzuga oid
22:43 / 30.01.2026
BMT «muqarrar moliyaviy inqiroz» xavfi ostida ekani ma’lum bo‘ldi
14:43 / 30.01.2026
Kim Chen In KXDRni “o‘zgartirish”ga va’da berdi
21:10 / 21.01.2026
BMT «global suv bankrotligi» davri boshlanganini e’lon qildi
22:38 / 20.01.2026