Şimoliy Koreya AQŞning yangi sanksiyalarini siyosiy provokatsiya sifatida baholaydi. Bu haqda TASS Şimoliy Koreya ommaviy axborot vositalariga asosan xabar qilmoqda.

Agentlik ma'lumotlariga köra, KXDR AQŞning mamlakat oliy rahbariyatiga qarşi sanksiyalari «duşmanlik harakati» sanalişini ham ma'lum qilgan.

Qayd etilişiça, Şimoliy Koreya Qöşma Ştatlarning harakatlari «Amerika yetakçisi Donald Tramp va uning şimoliy koreyalik hamkasbi Kim Çen Inning ezgu niyatlariga zid», deb hisoblaydi.

Avvalroq, Qöşma Ştatlar KXDRning uç nafar fuqarosiga qarşi sanksiyalar joriy etgani xabar qilingan edi.

Eslatib ötamiz, bundan avval Janubiy Koreyadan KXDRga ön yil içidagi birinçi poyezd yöl olgandi.