Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashnobod tumanida ayol kishini tunagan o‘g‘ri ushlandi
Illyustrativ foto
Shu yil 1 dekabr kuni noma'lum shaxs Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi Sh.I. (ayol)ning uyi eshigini buzib kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u 19 turdagi zargarlik buyumlari, 700 AQSh dollari va 1 mln. 800 ming so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Mo‘ynoq ko‘chasida yashovchi J.M. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
13:44 / 26.02.2026
UXX ikki yuqori lavozimli harbiyni “jinoyat ustida” ushladi
20:43 / 03.02.2026
“Ona, meni o‘ldirishdi” – tushda fosh bo‘lgan jinoyat
12:28 / 24.01.2026
2025 yilda voyaga yetmaganlar tomonidan 15 ta qotillik jinoyati sodir etildi
10:44 / 04.11.2025