Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kollej o‘quvchisi bo‘lgan qiz sherigi bilan tog‘asining uyiga o‘g‘irlikka tushib, bosqinchilik qildi
Shu yil 19 yanvar kuni noma'lum shaxs Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanida yashovchi O‘.B.ning uyiga bostirib kirib, uning birga yashovchi 16 yoshli nabirasi B.O‘.ning boshiga noma'lum jism bilan urib, u yerdan pullari va zargarlik buyumlarini olib, voqea joyidan yashiringan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada B.O‘. olgan jarohatidan kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni uy egasi O‘.B.ning birga yashovchi jiyani, Samarqand pedagogika kolleji 2-bosqich o‘quvchisi S.N. (qiz) va Gulakandoz mahallasida yashovchi, Charxin ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji 2-bosqich o‘quvchisi, muqaddam sudlangan N.S.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.
Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:10 / 30.12.2025
Samarqand viloyatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
12:09 / 23.12.2025
Samarqandda ikki sud raisi ishdan olindi
21:42 / 21.12.2025