Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neymar «Barselona»ga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi
«PSJ» hujumchisi Neymar jarohatini davolash uchun Barselonaga bordi.
26 yoshli braziliyalikni aeroportda jurnalistlar kutib olishdi va Kataloniya klubiga qaytish niyati bor yoki yo‘qligi bilan qiziqib ko‘rishdi.
Xususan, muxbirlardan biri undan: «Barselona»ga qaytish uchun har kuni qo‘ng‘iroq qilayotganingiz rostmi?», - deb so‘radi. Neymar esa jahl bilan uni so‘kib yubordi, deb xabar beradi AS.
Avvalroq, Neymar «Barselona» rahbariyatiga har kuni qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini orqaga qaytarishni iltimos qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Neymar kamida 10 hafta davomida jarohatini davolashi lozim.
Mavzuga oid
02:24 / 12.01.2026
«Barselona» finalda «Real»ni yengib, Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi
12:00 / 08.01.2026
«Siti»da g‘alabasiz seriya, «Barsa» javobsiz 5 ta gol urdi. Kun o‘yinlari
12:27 / 22.12.2025
«Barsa» qishki chempion, «MYu» yana yutqazdi. Kun o‘yinlari
22:17 / 16.12.2025