Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo bitimi bo‘yicha yangi ma'lumot berildi
Foto: Kevin Lamarque/Reuters
Pekin va Vashingtonning savdo bitimi bo‘yicha muzokaralari yakuniy bosqichda bo‘lib, mart oyi oxirida tomonlar kelishuvga erishilgani haqida e'lon qilishi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi muzokaralardan xabardor manbalarga asosan yozmoqda.
Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoy Qo‘shma Shtatlardan qishloq xo‘jaligi, kimyo, avtomobil va boshqa mahsulotlar uchun tariflar hamda boshqa cheklovlarni pasaytirishga rozi. AQSh, o‘z navbatida, o‘tgan yili Xitoyda ishlab chiqarilgan aksariyat mahsulotlarga qo‘yilgan sanksiyalarning ko‘pchiligini, hatto ehtimol, barchasini olib tashlash haqida o‘ylamoqda.
Shu bilan birga, manbalarning ta'kidlashicha, tomonlar o‘rtasida ayrim qarama-qarshiliklar hali ham bor. Shuningdek, ular AQSh va Xitoy vakillari boshqa tomon uchun «juda qulay» shartlar tufayli o‘z vatanida tanqidga uchrashi mumkinligidan ogohlantirdi.
Taxminlarga ko‘ra, Amerika poytaxtida bo‘lib o‘tadigan Pekin hamda Vashingtonning muzokaralari davomida bu jarayon shakllanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Xitoyga talab qo‘ygandi.
Mavzuga oid
23:09
AQSh eng yirik giyohvandlik imperiyalaridan birini yaratgan sobiq sportchini qo‘lga oldi
22:44
«Bosh reja bor, "B" reja yo‘q» – AQShning Yangi G‘azo rejasi tafsilotlari
22:37
AQSh rasman JSST tarkibidan chiqdi
14:35