AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'lum qilişiça, Xitoy hukumatidan Amerika qişloq xöjaligi mahsulotlari uçun bojlarni darhol olib taşlaşni söragan. Bu haqda u tvitterda yozdi.
Trampning qayd etişiça, mamlakatlar örtasidagi savdo muzokaralari muvaffaqiyatli ötmoqda.
«Men Xitoydan bizning qişloq xöjaligi mahsulotlarimiz, şu jumladan, mol göşti va boşqa tovarlardan tariflarni darhol olib taşlaşni söradim, sababi muzokaralarimiz muvaffaqiyatli davom etmoqda», - deya yozgan u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Si Tszinpin bilan uçraşuv joyini ma'lum qilib, «juda katta yangiliklar» haqida va'da bergandi.

















