Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda O‘zbekiston turistik axborot markazi ochildi
3 mart kuni O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi tashabbusi bilan Islomobod shahrida O‘zbekiston turistik axborot markazi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.
“Uning asosiy maqsadi O‘zbekiston turistik salohiyatini rivojlantirish, Pokistonda turizm sohasida marketing tadqiqotlari o‘tkazish, turli tadbirlar, ekskursion yo‘nalishlar va boshqa turistik mahsulotlar haqida axborot taqdim etishdir. Markaz shuningdek O‘zbekistonga turistlarni jalb etish bo‘yicha innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish bilan ham shug‘ullanadi”, deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, markaz ochilish marosimida Pokistonning siyosiy, ilmiy-akademik, jamoatchilik va ishbilarmon doiralari, turistik kompaniyalar va OAV vakillari qatnashdi.
Avvalroq Hindistonda 10 mingdan ziyod kishi tashrif buyurgan The Times Travel Show Expo turistik ko‘rgazmasida O‘zbekiston turistik salohiyati namoyish etilgandi.
Mavzuga oid
20:47 / 30.01.2026
O‘zbekiston mazali taomga ega davlatlar reytingidan tushib ketdi
15:39 / 28.01.2026
Guliston turizm qishlog‘ida osma ko‘priklar buzilyapti: nega?
22:53 / 27.01.2026
Saudiya Arabistoni ulkan Mukaab kubi loyihasini muzlatib qo‘ydi – OAV
12:50 / 26.01.2026