Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
The Times Travel Show Expo: Mumbayda Namanganning turizm salohiyati namoyish etildi
Foto: Hindistondagi O‘zbekiston elchixonasi
Hindistonda 10 mingdan ziyod kishi tashrif buyurgan The Times Travel Show Expo turistik ko‘rgazmasida O‘zbekiston, ayniqsa Namangan viloyatining sayyohlik salohiyati namoyish etildi. O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi Kun.uz'ga shu haqida xabar berdi.
23-24 fevral kunlari Hindistoning Mumbay shahrida “The Times Travel Show Expo” yirik sayyohlik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Hindistonning yetakchi turizm kompaniyalari, sayyohlik sohasi bilan bog‘liq turli sanoat tashkilotlari, yetakchi aviakompaniyalar, xorijiy davlatlar delegatsiyalari ishtirok etdi.
Ko‘rgazma maydoniga mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Mumbay shahridagi vakolatxonasi hamkorligida O‘zbekiston stendi o‘rnatildi.
Respublika turizm salohiyati, tarixi, madaniyati ruhida bezatilgan O‘zbekiston milliy stendiga ingliz tilida tayyorlangan turli ma'lumotlar, qo‘llanmalar va videomateriallar joylashtirildi.
The Times Travel Show Expo doirasida Namangan viloyati turizm salohiyatiga bag‘ishlangan alohida burchak tashkil etildi. Unda viloyatda xorijiy sayyohlar uchun ziyorat turizmi, ekoturizm, oilaviy turizm va boshqa yo‘nalishlardagi mavjud imkoniyatlar namoyish etildi.
Ikki kun davom etgan ushbu ko‘rgazmaga 10 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlarga O‘zbekistonning turizm salohiyati, mavjud turizm yo‘nalishlari, yaratilayotgan imkoniyatlar va qulayliklar bo‘yicha har tomonlama taqdimot berildi. Xususan, hindistonlik sayyohlar “e-visa” tizimi va bu yo‘nalishda kiritilgan yengilliklar, Mumbay va Toshkent shaharlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan aviaqatnovlar to‘g‘risida batafsil ma'lumot olish imkoniga ega bo‘lishdi.
Mavzuga oid
20:03 / 02.05.2026
Namanganda xorijdan olib kelingan qalbaki dollarlarni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
23:09 / 28.04.2026
London markazida dunyodagi eng katta kapsulali arzon mehmonxona ochildi
08:59 / 28.04.2026