Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko: Ukrainaga yuqori aniqlikdagi raketa quroli zarur
Foto: UNIAN
Ukrainaga dushman ortidagi uzoq nishonni ura oladigan, ta'sir doirasi keng yuqori aniqlikdagi raketa quroli zarur, dedi Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko.
"Bizga dushman ortidagi uzoq nishonni ura oladigan, ta'sir doirasi keng yuqori aniqlikdagi raketa quroli zarur. Bu tajovuzkor davlatni to‘xtatib turadi, mudofaamizni esa ishonchli qiladi. Men uchun avvalo ukrainaliklarning xavfsizligi muhim", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiriladi prezident matbuot xizmatining Twitter sahifasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va AQShning O‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishi Kiyevni "ilgari to‘xtatib turgan majburiyatlardan ozod bo‘lishiga olib kelgan".
"Endilikda raketalarimizning parvoz masofasi hech qanday cheklovlarga bog‘liq emas", - degan Poroshenko.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva tomonidan O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma bajarilishini to‘xtatishga doir farmonni imzolagandi.
Mavzuga oid
15:18 / 22.01.2026
Grenlandiya bo‘yicha bahs Ukrainaga ko‘mak haqidagi muzokaralarni izdan chiqardi
14:05 / 22.01.2026
RF Ukrainaga “Iskander” va qariyb 100 ta dron bilan hujum qildi
12:56 / 22.01.2026
Tramp Davosda Zelenskiy bilan uchrashmoqchi
10:13 / 22.01.2026