Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili Ukrainani “buyuk davlat”ga aylantirmoqchiligini aytdi
Foto: RIA Novosti / Stringer
Gruziyaning sobiq prezidenti va Ukrainaning Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Ukrainada siyosiy ambitsiyalarga ega emasligini, biroq ushbu davlatni “buyuk davlat”ga aylantirmoqchiligini aytdi.
Saakashvili avvalroq 1 aprelda Ukrainaga qaytmoqchiligini, chunki mamlakat rahbari Pyotr Poroshenko 31 martda o‘tadigan prezident saylovlarining 2-turiga o‘ta olmasligini, demakki unga Ukrainaga kirishga boshqa hech kim to‘sqinlik qilmasligini aytgan.
Biroq ukrainalik chegarachilar bunga javoban Saakashvilini Ukrainaga qo‘ymasliklarini aytishgan. Oliy radaning birinchi vitse-spikeri Irina Gerashchenko Saakashvilining Ukrainaga qaytishi tartibsizliklar va alg‘ov-dalg‘ovlik bilan xavf solishi mumkinligini aytgan.
“Menda Ukrainada hech qanday siyosiy ambitsiyalar yo‘q”, deb aytgan Saakashvili Ukrainaning “1+1” telekanalidagi dastur efirida.
Gruziyalik sobiq siyosatchining aytishicha, u Ukrainaga “xalqqa yordam berish uchun” qaytmoqchi. “Men shunchaki Ukraina buyuk davlat bo‘lishini istayman”, deb qo‘shimcha qilgan Saakashvili.
Ukraina hukumati 2018 yil fevralda Saakashvilini Polshaga chiqartirib yuborgan. Shundan keyin Ukraina chegara xizmati unga mamlakatga 2021 yilgacha kirishni taqiqlab qo‘ygan.
Mavzuga oid
19:16 / 20.01.2026
Ukraina bo‘ylab yangi zarbalar: Kiyevda yana 6 mingta ko‘p qavatli uy issiqliksiz qoldi
15:47 / 20.01.2026
GFR hukumati: Ukrainadagi energiya ta’minoti falokatli holatga yaqin
15:08 / 17.01.2026
Ukraina sudi Timoshenko uchun 661 ming yevro garov belgiladi
14:28 / 17.01.2026