Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GM Uzbekistan bayram munosabati bilan avtomobillarga chegirma taqdim etmoqchi
Foto: GM Uzbekistan
GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Malibu va Tracker avtomobillarini xarid qilish istagida bo‘lgan mijozlarga 3 foiz bayram chegirmasini e'lon qiladi.
Jamiyat axborot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilinishicha, aksiya joriy yilning 19 martidan e'tiboran kompaniyaning rasmiy dilerlaridan 100 foiz oldindan to‘lov amalga oshirgan holda ushbu avtomobillarni xarid qilish istagida bo‘lgan mijozlarga taqdim etiladi.
Aksiya joriy yilning 31 martiga qadar amal qiladi.
Bundan tashqari bugungi kunda kompaniya foizsiz muddatli to‘lovga ham ushbu modeldagi avtomobillarni xarid qilishni taklif qilmoqda.
Unga ko‘ra, xaridor 215 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga Malibu Turbo, 190 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga Malibu, hamda 128 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga Chevrolet Tracker xarid qilib, avtomobilning qolgan summasini 2 yil davomida foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniga ega bo‘ladi.
Avtomobilni muddatli to‘lovga xarid qilgan mijozlarga 3 foizli chegirma amal qilmaydi.
Mavzuga oid
09:07 / 12.12.2025
Talabalar uchun poyezd chiptalariga ham 50 foiz chegirma e’lon qilindi
19:31 / 10.12.2025
Raqobat qo‘mitasi soxta chegirmalarga qarshi ogohlikka chaqirdi
12:19 / 23.10.2025
Hukumat qarori: Chakana savdodagi aksiya va chegirmalar haqqoniy bo‘lishi kerak
17:40 / 03.10.2025