Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya: Qrim masalasida Lukashenko qistovga olinmaydi
Foto: RIA Novosti
Rossiya hukumati Belarus Respublikasidan Qrim ustidan suvereniteti tan olinishini talab qilmaydi. Bu haqda Rossiyaning Minskdagi elchisi Mixail Babich 18 mart kuni tashkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qilgan.
Diplomat savollarga javob berib, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning yarimorol bo‘yicha bildirgan munosabatini eslab o‘tgan.
«[Lukashenko] davlat pozitsiyasini shakllantirdi. Buni boshqacha talqin etishga bizning haqimiz yo‘q. Shuning uchun, biz faqat prezident aytgan so‘zlardan kelib chiqib, mulohaza qila olamiz», — deydi u so‘z boshida.
1 mart kuni ommaviy axborot vositalari bilan uchrashgan Lukashenko Qrimning Rossiya nazoratida ekanligini tan olish bo‘yicha Putin o‘tgan yillarda ham shu masalani ko‘tarmaganini bildirgandi.
Rossiyalik diplomat esa Qrim-2014 voqealaridan so‘ng, ayni bahorda shu masalaning qaytalanishi va axborot xuruji paydo bo‘layotganini aytib, Rossiya hukumati tomonidan Qrim suverenitetini tan olish masalasida talab yo‘qligini bildirdi.
Mavzuga oid
15:47
GFR hukumati: Ukrainadagi energiya ta’minoti falokatli holatga yaqin
14:58
Rossiya aviakompaniyalari eski samolyotlar bir qismini qayta ishlatishga qaytarmoqda
14:28 / 17.01.2026
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
11:53 / 17.01.2026