Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyaliklarga muqovasida «Yevropa ittifoqi» yozuvi yo‘q pasportlar berilmoqda
Foto: Francois Lenoir / Reuters
Buyuk Britaniya fuqarolariga muqovasida «Yevropa ittifoqi» yozuvi yo‘q pasportlar berila boshlandi, deb xabar berdi BBC News.
TASSning Birlashgan Qirollik IIVga tayanib ma'lum qilishicha, yangi namunadagi pasportlar berilishi 30 martdan boshlangan.
Britaniyaliklarga «Yevropa Ittifoqi» yozuvi bor pasport ham berilishi mumkin. Lekin ularda pasportning ikki turidan birini tanlash huquqi yo‘q. Qayd etilishicha, bu qolgan pasport blankalarini ishlatish va soliq to‘lovchilarning mablag‘laridan unumli foydalanish maqsadida qilinmoqda.
Rejaga ko‘ra, 2019 yil oktyabrdan Britaniya pasportining muqovasi YeI mamlakatlarida qabul qilingan qirmizi rangdan to‘q ko‘k rangga o‘zgaradi.
5 aprel kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey mamlakatning Yevropa ittifoqidan chiqish sanasini ortga surishni so‘ragani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:37 / 14.01.2026
Germaniya, Fransiya, Italiya va Britaniya Eron elchilarini TIVga chaqirdi
13:29 / 14.01.2026
Eronda qurbonlar soni o‘smoqda: YeI va Britaniya sanksiyalarni kuchaytirishga tayyorlanyapti
19:15 / 12.01.2026
Buyuk Britaniya Ukraina uchun yangi ballistik raketa ishlab chiqadi
16:04 / 12.01.2026