Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyaning o‘t o‘chiruvchi vertolyoti Shimoliy Koreya hududiga o‘tib ketdi
Foto: Yonhap
Janubiy Koreyaning Shimoliy Koreya bilan chegaradosh hududda yong‘inni o‘chirishda ishtirok etayotgan o‘t o‘chiruvchi vertolyoti tasodifan qo‘shni davlat hududiga o‘tib ketdi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar berdi.
Janubiy Koreyaning o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasiga tegishli bo‘lgan vertolyot Xvachxon uyezdidagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishga jalb qilingan bo‘lgan. Vertolyot o‘t o‘chirish vaqtida Shimoliy Koreya hududiga 1,7 km kirib ketgan. Uchuvchi bir daqiqadan keyinoq xatosini anglab, tezda Janubiy Koreyaga qaytgan.
Axborot agentligining ta'kidlashicha, Janubiy Koreya voqea haqida darhol Shimoliy Koreyaga xabar bergan hamda yuz bergan hodisa atayin qilinmagani va ig‘vo xarakteriga ega emasligini ma'lum qilgan. Seulda bunday voqealar boshqa qaytarilmasligiga va'da berilgan.
Mavzuga oid
23:02 / 13.01.2026
Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun uchun o‘lim jazosini so‘radi
16:33 / 06.01.2026
«Rasm sifati yaxshi, to‘g‘rimi?» - Li Xitoy bilan munosabatlarni tiklashga urinmoqda
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
18:16 / 26.12.2025