Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy o‘z siyosatining ustuvor vazifalarini ma'lum qildi
Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropaning qo‘shnichilik siyosati va kengayish masalalari bo‘yicha yevrokomissari Yoxannes Xan bilan uchrashuvda o‘z siyosatining bosh ustuvor vazifalari haqida so‘zlab berdi. Uchrashuv 7 mayda Kiyevda bo‘lib o‘tgan.
“Bizning ustuvor vazifalar – korrupsiyaga qarshi kurash emas, korrupsiya ustidan g‘alaba qozonishdir. Energetikaning monopollashtirilishiga, OAVning oligarxlar egallashiga barham berish”, deb aytgan Zelenskiy.
Zelenskiy, shuningdek, Ukraina qonunchiligiga noqonuniy boyish haqidagi moddani qaytarishga tayyorligini aytgan.
Avvalroq bo‘lg‘usi prezident shtabi vakili Svyatoslav Yurash yangi ma'muriyat Pyotr Poroshenkoning siyosatini davom ettirishini aytgan.
Mavzuga oid
11:46
Rostov viloyatida tungi hujum: 4 kishi, jumladan 4 yoshli bola yaralandi
10:20
Ukrainada Rossiya harbiysi asirlar o‘limi uchun umrbod qamoqqa hukm qilindi
09:11
Kiyevda vaziyat og‘ir: 500 ko‘p qavatli uy isitishsiz qoldi
08:40