Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelaning Vashingtondagi elchixonasi suv va elektrsiz qoldirildi
Foto: Elvert Barnes
AQSh hukumati Venesuelaning Vashingtondagi elchixonasiga suv va elektr energiyani berishni to‘xtatdi. Hozirda elchixonada Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning tarafdorlari qolmoqda. Bu haqda ushbu tashabbuskor guruh yetakchilaridan biri Medeya Benjamin tvitterda ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, AQSh hukumati elchixonadagi odamlarni siqib chiqarish uchun ularni suvsiz qoldirgan. “Suv ham, chiroq ham yo‘q, yegulik oz”, deb aytgan faol.
Biroq, ayolning ta'kidlashicha, Maduroning tarafdorlari sabotli bo‘lib qolmoqdalar. Elchixonada elektr energiya 9 maydan, suv esa 11 maydan o‘chirilgan.
Ma'lum qilinishicha, Maduroni qo‘llab-quvvatlayotgan amerikalik faollar Venesuela elchixonasida apreldan beri qolmoqdalar. Avvalroq AQSh venesuelalik diplomatlarni elchixonani tark etishga majbur qilgandi.
Mavzuga oid
09:57
Venesuela hukumati: qamoqxonalardan 400 dan ortiq mahbus ozod etildi
07:20
Jahon neft standartlari: Venesuela nefti nega “og‘ir”?
13:14 / 13.01.2026
Tramp Venesuela muxolifati yetakchisi Machadoni Oq uyda qabul qiladi
14:09 / 12.01.2026