Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika prezidenti bo‘lgan samolyot ikkinchi urinishda qo‘na oldi
Foto: REUTERS/Henry Romero
Meksikaning Volaris aviakompaniyasining bortida oddiy yo‘lovchilardan tashqari, Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador va uning rafiqasi bo‘lgan samolyot ikkinchi urinishdan keyin qo‘na oldi. Bu haqda Universal nashri xabar berdi.
Poytaxt Mexikodan Tepik shahriga reys bajargan samolyot ekipaji havoga ko‘tarilgandan 50 daqiqa o‘tib muammo haqida xabar bergan. Yo‘lovchi samolyoti qo‘nish vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagiga tegib o‘tib, so‘ngra yana havoga ko‘tarilgan. Uchuvchi ushbu harakat “xavfsizlik nuqtai nazaridan bajarilgani va xavotirlanishga o‘rin yo‘qligini” ma'lum qilgan.
5 daqiqadan keyin samolyot hech qanday ko‘ngilsizliklarsiz qo‘na olgan. Meksika prezidenti samolyot qo‘ngandan keyin jurnalistlarga bunday hodisalar bo‘lib turishi va ularda hech qanday jiddiy narsa yo‘qligini aytgan.
Obrador saylovoldi kampaniyasi vaqtida prezidentga belgilangan odatiy xavfsizlik choralaridan voz kechishga va'da bergan va va'dasi ustidan chiqqan. Jumladan, u safarlarga oddiy yo‘lovchi aviareyslarida jo‘naydi.
Mavzuga oid
09:34
Meksikada zilzila: kamida ikki kishi halok bo‘ldi
14:14 / 18.11.2025
Tramp Meksikadagi narkokartellarga AQSh zarbalarini istisno etmadi
16:03 / 16.11.2025
Meksikada shahar meri o‘ldirilishi ortidan yirik namoyish boshlandi
16:46 / 06.11.2025