Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2 iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma'lumoti
Foto: KUN.UZ
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 2 iyun kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–17 daraja iliq, kunduzi 25–27 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13–18 daraja iliq, kunduzi 28–33 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda, ba'zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda, ba'zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda, ba'zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17–22 daraja iliq, kunduzi 28–33 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda, ba'zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda, ba'zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9–14 daraja, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:24 / 12.01.2026
Yanvar oxirida sovuq kunlar bo‘ladimi?
08:54 / 09.01.2026
Noqulay ob-havo sabab bir qator reyslar muqobil aeroportlarga yo‘naltirildi
10:30 / 08.01.2026
Ekologiya qo‘mitasi: havo ifloslanishini noqulay meteosharoit kuchaytirmoqda
09:31 / 08.01.2026