MN370 reysi halokatini ekipaj sardori uyushtirgani ma'lum qilindi
Malaysia Airlines aviakompaniyasining 2014 yil martida g‘oyib bo‘lgan Boeing 777 samolyotining halokati ekipaj sardori Zahari Ahmad Shoh tomonidan uyushtirilgan. Bu haqda The Atlantic nashrida chop etilgan maqolada aytilgan.
Nashr versiyasiga ko‘ra, MH370 reysi sardori ikkinchi uchuvchi – o‘zining 27 yoshli sherigini kabinaga qo‘ymay, bortida 238 kishi bo‘lgan samolyotni atayin qulatgan.
57 yoshli Shoh samolyotni yo‘q qilishdan oldin uni yo‘nalishidan og‘dirib, 12 ming metr balandlikda salonning germetikligini buzgan. Buning oqibatida yo‘lovchilar samolyot qulagani taxmin qilinayotgan joy – Hind okeaniga g‘arq bo‘lishidan oldin bo‘g‘ilib bo‘lganlar.
Maqola muallifining ta'kidlashicha, Ahmad Shoh halokatni puxtalik bilan rejalashtirgan. U o‘sha vaqtda yomon ruhiy holatda va tushkunlikda bo‘lgan. Uning o‘z rafiqasi bilan munosabatlari tarang holda bo‘lgan, ishida styuardessalar bilan don olishib yurgan. Uning ilojsizligi fojiaga olib kelgani bo‘lishi mumkin.
“Bu men tanigan odam bilan yuz berganiga ko‘nish qiyin. Biroq bu haqiqatdir”, deb aytgan Shohning oshnasi.
Kuala-Lumpurdan Pekinga reysni amalga oshirgan samolyot 2014 yil 8 martga o‘tar kechasi radarlar ekranidan yo‘qolib qolgandi. Samolyot bo‘laklari va qulagan joyi hanuzgacha topilmagan.
Mavzuga oid
07:50 / 30.12.2024
«Aeroflot» samolyoti Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ndi
22:40 / 28.12.2024
Oqtovda qulagan samolyot yagona hodisa emas – Embraer E190 bilan sodir bo‘lgan halokatlar
18:57 / 04.12.2024
Antalyada yongan Superjet: inqirozga yuz tutgan Rossiya aviasanoati
14:11 / 29.11.2024