Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda momaqaldiroq vaqtida 8 bola halok bo‘ldi
Hindiston shimolidagi Bixar shtatida joylashgan qishloqlardan birida momaqaldiroq vaqtida 9 kishi, jumladan 8 bola halok bo‘ldi, o‘ndan ko‘proq odam jarohat oldi. Bu haqda News Nation mahalliy elektron nashri xabar berdi.
Voqea 19 iyul kunduzi yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Dxanpur qishlog‘ida balog‘atga yetmagan bir guruh bolalar yomg‘ir vaqtida ko‘chada o‘ynab yurganda ularni chaqmoq urgan. Ta'kidlanishicha, bolalarning barchasi bir oilaning a'zolari bo‘lgan. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilgan, ularga zaruriy yordam ko‘rsatilgan. Shtat bosh vaziri Nitish Kumar voqea yuzasidan hamdardlik bildirgan va halok bo‘lganlarning yaqinlariga 400 ming rupiydan (6 ming dollarga yaqin) kompensatsiya to‘lanishi haqida qaror chiqargan.
Mavzuga oid
12:16 / 25.12.2025
Hindiston neft kompaniyasi RF neftini xarid qilishni qayta tikladi
14:34 / 23.12.2025
Titov: 2026 yilda Rossiyaga ishlash uchun 40 ming hindistonlik keladi
18:14 / 21.12.2025
Peterburg ko‘chalarida hindistonlik migrantlar ishlay boshladi
07:30 / 17.12.2025