Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyaning Yava orolida vulqon uyg‘ondi
Foto: The National Disaster Mitigation Agency
G‘arbiy Yavadagi Tangkuban Parahu vulqoni krateri 26 iyul kuni tushdan keyin uyg‘ondi, deb xabar qilmoqda Jakarta Post nashri. Ushbu vulqon krateri sayyohlar orasida juda mashhur. Mahalliy mutasaddilar sayyohlarni hududga kirishni taqiqlamoqda.
Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha vulqon va geologik markazga ko‘ra, (PVMBG) vulqondan chiqayotgan kul dengiz sathidan 2284 metr balandlikdagi tog‘ cho‘qqisidan 200 metr balandlikka ko‘tarilmoqda.
PVMBG rahbari Kasbani aytishicha, vulqonning quyuq kulrang kuli janub va shimoli-sharqqa tarqalmoqda.
Vulqon otilishi Birinchi darajada, ya'ni me'yorda ekani aytilmoqda.
Hokimiyat vakillari sayyohlarni kraterga yaqinlashmaslikdan ogohlantirgan. Sayyohlarga, shuningdek, Tangkuban Parahu tog‘i sayyohlik majmuasida tunab qolish ham taqiqlangan.
Mavzuga oid
21:27 / 01.12.2025
Janubi-Sharqiy Osiyoda halokatli toshqinlar bo‘lmoqda – fotosuratlar
19:20 / 30.11.2025
Indoneziyada suv toshqinlari oqibatida 440 dan oshiq kishi halok bo‘ldi
17:17 / 11.11.2025
Kapadze Indoneziya milliy jamoasida ish boshlashi mumkin
17:15 / 08.11.2025