Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barselona aeroportida ish tashlashlar tufayli 60dan ortiq reys bekor qilindi
Foto: CC BY 2.0 / Iberia Airlines
Barselona aeroportida Iberia aviakompaniyasi yerusti xizmatchilarining ish tashlashlari 62ta reysning bekor qilinishiga olib keldi.
Tasarrufida Ispaniyaning barcha aeroportlari bo‘lgan Aena davlat kompaniyasining xabar berishicha, ikkita reys qo‘shni aeroportlarga yo‘naltirilgan, Barselona aeroporti faoliyati bir soatdan so‘ng tiklangan, ammo ko‘plab reyslarning parvozi qoldirilgan.
Xabar qilinishicha, yakshanba kuni 73ta reys bekor qilinishi mumkin.
Aeroport yerusti xizmatida Iberia aviakompaniyasining 2,7 mingdan ortiq xodimi ishlaydi. Aviakompaniya rahbariyati shartnomaga o‘zgartirish kiritish va xodimlar sonini oshirish borasida kasaba uyushmasi bilan kelisha olmagan.
Mavzuga oid
12:27 / 22.12.2025
«Barsa» qishki chempion, «MYu» yana yutqazdi. Kun o‘yinlari
22:11 / 14.12.2025
Saudiya shahzodasi "Barselona" klubini sotib olmoqchi
14:34 / 14.12.2025
Saloh qaytdi va rekord o‘rnatdi, «Arsenal» va «Barsa»da qiyin g‘alaba
15:46 / 09.12.2025