O‘zbekiston va Yaponiya elektrobuslar ishlab chiqarish bo‘yicha muzokara olib bormoqda

Foto: Getty Images
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktabr kuni xorijiy mamlakatlar bilan erishilgan kelishuvlar ijrosi, yangi investitsiyaviy va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Ma'lumki, joriy yil oxirida prezidentning Yaponiyaga tashrifi rejalashtirilgan bo‘lib, unga tayyorgarlik doirasida Tokio bilan energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohalariga doir kelishuvlarga erishilgan.
“Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish, yapon texnologiyalari asosida elektrostansiya qurish, suv tozalash va suv ta'minoti tizimini modernizatsiya qilish, shahar qatnoviga mo‘ljallangan elektrobuslar ishlab chiqarishga oid loyihalar bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda”, - deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Yig‘ilishda ushbu oliy darajadagi tashrifga tayyorgarlik hamda Yaponiya bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik holati bo‘yicha ma'lumot berildi.
Bundan oldinroq, Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga tashrif buyurishi xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy rossiyalik targ‘ibotchilarga qarshi sanksiyalar joriy qildi
Jahon | 11:11
-
Ifo bosh direktori yangi global iqtisodiy inqirozni istisno etmadi
Jahon | 10:53
-
Rossiya Kiyev va Xarkivga dronlar bilan zarba berdi, jabrlanganlar bor
Jahon | 10:33
-
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:11
Mavzuga oid

00:20
3D-printer yordamida bosilgan temiryo‘l stansiyasi olti soat ichida qurildi

23:08 / 11.04.2025
Yaponiyadagi sun’iy orollarda joylashgan aeroport dengiz ostiga g‘arq bo‘lishi mumkin

15:20 / 11.04.2025
Yaponiya o‘zbekistonlik haydovchilar uchun mehnat bozorini ochmoqda

14:08 / 10.04.2025