Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashirilgan soatlar «yashil» yo‘lakda «chiqillab» qoldi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Tovar moddiy boyliklarini yashirin yo‘llar bilan olib o‘tishga bo‘lgan urinishlar bojxona organlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda.
Jumladan, “Toshkent” xalqaro aeroportiga xorijiy reys bilan uchib kelgan fuqaro X.X.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, uning yuklari orasida bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan jismoniy shaxslar uchun belgilangan olib kirish me'yoridan ortiqcha bo‘lgan, umumiy qiymati 19 million so‘mni tashkil etuvchi 60 dona “al harameen” nomli qo‘l soatlari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
11:40
Uchta hududda bojxona boshliqlari pensiyaga chiqarildi
19:37 / 07.02.2026
Farg‘onada nohaq ayblanib qamalgan bojxona inspektori 15 yildan so‘ng oqlandi
11:13 / 26.01.2026
Prezident bojxona xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi
20:07 / 25.01.2026