Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV Uxandan qaytgan o‘zbekistonlik talabalarga murojaat bilan chiqdi
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Xavfli koronavirus o‘chog‘i bo‘lib qolayotgan Xitoyning Xubey provinsiyasida 166 nafar O‘zbekiston fuqarosi doimiy asosda yashaydi. Yanvar oyida provinsiyaga 14 nafar o‘zbekistonlik borgan.
Bu haqda Xitoy Immigratsiya boshqarmasi bergan dastlabki ma'lumotlarga asoslanib, O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi va Shanxaydagi bosh konsulxonasi ma'lum qildi.
Bundan oldin Xubey provinsiyasi markazi – karantindagi Uxan shahrida yashovchi o‘zbeklar asosan talabalar ekani, ularning aksariyat qismi semestr yakunlangani tufayli vatanga qaytgani xabar qilingan edi. Endilikda ulardan shoshilinch ravishda mas'ullar bilan aloqaga chiqish so‘ralmoqda.
«Elchixona yanvar oyida Uxandan vatanga qaytib kelgan o‘zbekistonlik talabalarni zudlik bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan (+998909882330, direktor o‘rinbosari B.Qurbonov, +998972755074 bosh mutaxassis F. Qurbonbekov) telefon orqali bog‘lanishni qat'iyan tavsiya qiladi», – deyiladi TIV bildirishida.
«26 yanvar kuni Xitoy huquqni muhofaza qilish organlari Uxan shahri va Xubey provinsiyasining unga yaqin joylashgan boshqa shaharlarida istiqomat qiluvchilarning karantin hududidan chiqib ketishlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralarni kuchaytirdi. Rasmiy idoralar virusni yuqtirganlar, ayniqsa u yerda bo‘lib turgan xorijiy fuqarolar profilaktikasiga katta e'tibor qaratmoqda.
Elchixona Xitoyning tegishli hukumat idoralari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi, hamyurtlarimizga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatishda davom etmoqda va ular o‘rtasida tushuntirish ishlari olib bormoqda. Xususan, ijtimoiy tarmoqlarga aholini sarosimaga soluvchi mish-mishlarni rad etuvchi videomateriallarni hamda zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rish bo‘yicha eslatmalarni joylashtirmoqda.
Hozirda Xitoy tomoni Uxan shahridan chet el, jumladan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilgani yo‘q», – deya qo‘shimcha qilingan Tashqi ishlar vazirligi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin AQSh, Fransiya va Yaponiya kabi davlatlar Uxandan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishga tayyorlana boshlagani xabar qilingan edi. Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 80 kishiga yetgan.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025