Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an bilan uchrashuvda Turkiya orqali Yevropaga multimodal xalqaro tashuvlarni yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi
Anqarada O‘zbekiston va Turkiya prezidentlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Turkiya Respublikasi prezidenti saroyida O‘zbekiston Respublikasi prezidentini rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
O‘zaro manfaatli imkoniyatlarni ishga solish, yangi loyiha va dasturlarni amalga oshirish uchun Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishlarini muntazam o‘tkazish zarurligi ta'kidlandi.
Transport sohasidagi aloqalarni kengaytirish, Turkiya orqali Yevropaga multimodal xalqaro tashuvlarni yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etildi.
Intensiv bog‘dorchilik, baliqchilik, chorvachilik, naslchilik yo‘nalishlarida Turkiyaning ilg‘or tajribasini o‘zlashtirish, universitetlar va ilmiy markazlar bilan qo‘shma tadqiqotlar olib borish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
O‘zbekistonda zamonaviy qo‘shma klinikalar va diagnostika markazlari tashkil etish, kichik biznes, to‘qimachilik kabi yo‘nalishlarda qo‘shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish taklifi ko‘rib chiqildi.
«Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama siyosiy muloqot va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashga intilish qat'iy ekani yana bir bor tasdiqlandi. Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
23:15 / 24.08.2025
Mirziyoyev Zelenskiyga tabrik yo‘lladi
19:11 / 13.04.2025
CNN Turk: Rossiya va Ukraina 15-16 aprel kunlari Anqarada muzokaralar o‘tkazadi
17:48 / 07.02.2025
Anqarada qalbaki alkogoldan 33 kishi vafot etdi
01:02 / 24.10.2024