Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Xitoydan o‘tib ketdi
Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda to‘qqizinchi o‘ringa chiqdi.
Foto: EPA/Maksim Shipenkov/TASS
Mamlakatda kasallik yuqtirganlar soni 87 mingdan oshdi.
Rossiyada keyingi sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha 6198ta holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat tezkor shtabi xabar berdi.
Mamlakatning 85ta regionida jami 87 147ta holat aniqlangan.
Shu tarzda Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda to‘qqizinchi o‘ringa chiqdi.
Rossiyada 23 apreldan buyon ilk marta bir sutka davomida yangi holatlar qayd etilishi kamaydi – 6361ta holat.
Kasallikka chalinganlarning eng ko‘p qismi Moskvada — 45 351 kishi.
O‘tgan sutka davomida 50 kishi vafot etgan (jami 794 kishi vafot etdi).
Pandemiya boshlanganidan buyon Xitoyda 82 830 kishi koronavirusga chalingan (Jons Hopkins universiteti Hongkong va Makaodagi holatlarni ham qo‘shib 83 912 nafar kishi kasallikka chalinganini qayd etgan).
Mavzuga oid
16:12
“Meduza” asoschisi Timchenko sirtdan 5 yilga koloniyaga hukm qilindi
13:22
Putin RFda qurol-yarog‘ ishlab chiqarish bir necha barobar o‘sganini aytdi
12:53
Rossiya va Qozog‘iston yangi raketa-tashuvchining parvozini keyinroqqa surdi
12:04