Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 20 nafarga yetdi
Foto: Asia-Plus
Tojikistonda koronavirus yuqtirganlar soni 90 nafarga ko‘paydi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib Aziya-Plyus nashri xabar bergan.
Shu tariqa mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 612 nafarga yetdi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, yana 6 kishi koronavirus sabab vafot etgan va mamlakatda umumiy o‘limlar soni 20 nafarga yetgan.
Koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha Tojikiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Worldometers ma'lumotiga ko‘ra, mintaqadagi eng ko‘p o‘lim holati Qozog‘istonda (31 nafar) qayd etilgan. Tojikistonda 20 kishi, Qirg‘izistonda 12 kishi va O‘zbekistonda 10 kishi koronavirus qurboniga aylangan bo‘lsa, Turkmanistonda rasman koronavirus aniqlanmagan.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Tojikistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam sifatida tibbiy konteynerlar va shifokorlar guruhini yuborgandi.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025