7 may kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev gumanitar yordam sifatida Tojikistonga 144ta mobil tibbiy konteyner yuborgan. Koronavirusga çalingan bemorlarni joylaştiriş va davolaş uçun möljallangan tibbiy konteynerlardan iborat yordam yuk poyezdlari orqali 8 may kuni ertalab Duşanbe şahriga yetib borgan. Bu haqda Özbekistonning Tojikistondagi elçixonasiga tayanib «Aziya-Plyus» sayti xabar bermoqda.
Bunday tibbiy konteynerlar qöşni yurtda koronavirus pandemiyasi paytida köçma kasalxona sifatida işlatiladi.
«Ular bemorlarni qabul qiliş uçun kasalxonalarda joy yetişmaganda asqotadi», degan Özbekistonning Tojikistondagi elçixonasidagi manba.

Xabar qilinişiça, tibbiy konteynerlar töliq jihozlangan va ularda çoyşablar töşalgan örin, yuviniş xonasi va hojatxona mavjud. Hatto konditsionerlar ham örnatilgan.

Tojikiston tomonining ma'lum qilişiça, tibbiy konteynerlar köçma kasalxona taşkil etiladigan «Bofanda» stadioniga yetkaziladi.
Bundan avvalroq Duşanbe meri Rustam Imomali Tojikiston poytaxtida qurilişi tugallanmagan köp qavatli binolardan ikkitasini kasalxona sifatida foydalaniş uçun jihozlaş töğrisida körsatma bergan edi. Ular jihozlangandan söng bir paytda 800 nafar bemorni qabul qiliş imkoniyatiga ega böladi. Har ikkala bino ham hukumat mablağlari hisobidan aholini uy-joy bilan ta'minlaş maqsadida qurilayotgan edi.
Şu bilan birga, Rustam Imomali hozirgi kasalxonalarda joy yetişmayotgan vaziyatni inobatga olib, mavjud imkoniyatlardan kelib çiqib koronavirus yuqtirgan odamlarni davolaş uçun imkon qadar tezroq uç ming örindan iborat vaqtinçalik kasalxonalarni tayyorlaşni buyurgan edi. Duşanbeda ana şunday vaqtinçalik kasalxonalardan biri «Bofanda» stadionida taşkil etilayapti.
Tojikistonda koronavirus aniqlangani ilk marta 30 aprel kuni e'lon qilingandi. Uşbu mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni köpayişda davom etmoqda. 7 may kuni koronavirusdan zararlaniş holatlari soni 82taga oşib, jami kasallaniş holatlari soni 461 nafarga yetdi. Şu vaqtgaça 12 kişi koronavirusdan vafot etgani tasdiqlangan.













