Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar “ISUZU”ga yashirilgan 1000 dona “Tropikamid”ni fosh qilishdi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda oldindan olingan tezkor ma'lumotlarga asosida G‘uzor tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tadbir davomida “Toshkent-Surxondaryo” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan fuqaro P.P.ning boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtomashinasi belgilangan tartibda to‘xtatilib, ushbu avtomashina yukxonasi ko‘zdan kechirildi.
Natijada ushbu avtomashinada hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 2 dona karton qutilarda umumiy qiymati 100 million so‘mlik jami 500 qutida 1000 dona “Tropikamid 10mg/ml 1%” nomli ko‘z uchun tomchi dorilari borligi fosh etildi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:59 / 23.01.2026
“Bojlar pasaytirilsa, mahsulot narxi arzonlashardi”: import sohasida tadbirkorlar hukumatdan qanday yordam kutyapti?
09:42 / 22.01.2026
Yevroparlament YeI–AQSh bojxona kelishuvi bo‘yicha ishni muzlatdi
08:57 / 15.01.2026
1 trln 145 mlrd so‘mlik tovarlar noqonuniy muomaladan chiqarildi
08:40 / 10.01.2026