Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuqori Chirchiqda o‘z akasini do‘pposlab, pichoqlagan shaxsga jinoiy ish ochildi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Joriy yilning 4 iyul kuni Yuqori Chirchiq tumani «Fayzobod» mahallasida yashovchi 46 yoshli Z.D. shu mahallada yashovchi akasi 53 yoshli H.D. bilan akasining uyida suhbatlashib o‘tirib, o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik natijasida janjallashib qolgan.
Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, janjal davomida Z.D. akasining turli joylariga qo‘li bilan urib, so‘ng oshxona pichog‘i bilan qo‘l sohasiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan.
Natijada, H.D. olgan tan jarohatlari bilan tuman markaziy tibbiyot birlashmasiga davolanish uchun yotqizilgan.
O‘tkazilgan sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasida H.D.ning olgan tan jarohatlari og‘irlik darajasiga ko‘ra og‘ir tan jarohatlari toifasiga kirishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Z.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ehtiyot chorasi sifatida qamoq tanlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:07 / 09.12.2025
Yuqori Chirchiqda buvi va nevara is gazidan vafot etdi
18:52 / 04.11.2025
Tashkent Medical Smart City tibbiyot shaharchasi quriladi
10:44 / 04.11.2025
O‘zbekistonda yoshlarga nisbatan narkotik jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
16:17 / 26.10.2025