Hindistonda koronavirus yuqtirganlar soni 4 milliondan oshdi
Oxirgi ikki kun ichida 80 ming va so‘nggi ikki hafta ichida bir million kishida kasallik aniqlangan.
Hindistonda SARS-CoV-2 koronavirusini yuqtirganlar soni 4-million kishidan oshdi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining xabar qilishicha, mamlakatda jami holatlar soni 4 023 179 kishiga yetgan.
Oxirgi ikki kun ichida 80 ming va so‘nggi ikki hafta ichida bir million kishida kasallik aniqlangan.
Hindiston kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turibdi. Undan oldingi o‘rinlarda AQSh (6 milliondan ortiq) va Braziliya (4 milliondan ortiq) joylashgan.
Mamlakatda eng yuqori ko‘rsatkichlar Maxarashtra, Andxra-Pradesh, Karnataka va Tamilnad shtatlarida qayd etilgan.
Worldometer saytining ma'lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 26,8 millionga yetgan, qariyb 880 ming kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
18:07 / 24.12.2024
Hindiston 2040 yilda Oyga o‘z kosmonavtini uchiradi
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
11:42 / 18.12.2024
O‘zbekiston va Hindiston zargarlik buyumlari ishlab chiqarish imkonini o‘rganmoqda
20:02 / 17.12.2024