Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda piyodalar yo‘lakchasidan o‘tishga eringan piyodani «Kobalt» urib yubordi
YTH yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Joriy yilning 7 sentabr kuni soat 13:35larda, Jizzax viloyati Paxtakor tumani hududidan o‘tgan M39 “Termiz-Toshkent” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 957-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1979 yilda tug‘ilgan T.B. “Kobalt” rusumli avtomobil tezligini me'yoridan oshirgan holda boshqarayotib, piyodalar o‘tish joyi yaqinidan (piyodalar yo‘lakchasidan 15-20 metr oldin) yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborib, YTH sodir etgan.
Natijada, piyoda, 25 yoshli M.T. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Paxtakor tumani huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan tezlik me'yoriga amal qilishlarini, piyodalar yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tmasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
15:38 / 22.12.2025
Farg‘onada ikki avtomobil to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
12:12 / 21.12.2025
Toshkentda avtobus haydovchisi o‘z ehtiyotsizligi oqibatida halok bo‘ldi
14:23 / 20.12.2025
Qoraqalpog‘istonda ikki mashina to‘qnashuvi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
12:10 / 20.12.2025