Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir guruh turizm sohasi vakillari ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Bugun, 13 oktabr kuni "Hilton" mehmonxonasida O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun soha vakillariga "Turizm fidoyisi" nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati
Tadbirda bosh vazir o‘rinbosari, turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov nutq so‘zladi.
“Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni respublika fuqarolari va xorijiy mamlakatlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizga yurtimizning boy tarixi va madaniyatini butun dunyoga namoyish etishga chorlov bo‘lib xizmat qiladi, degan umiddaman. Ko‘krak nishonining qadri yuksak bo‘lishi kerak, shu bois juda ko‘plab kishilar orasidan eng munosiblari tanlab olindi”, - dedi Abduhakimov.

Ko‘krak nishoni sohiblariga bir martalik pul mukofoti bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida beriladi.


Eslatib o‘tamiz, turizm sohasida erishilgan yutuqlarni rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyuldagi qarori bilan “Turizm fidoyisi” turizm sohasi vakillarini mukofotlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.
Mavzuga oid
11:55 / 20.02.2026
O‘zbekistonliklar yanvarda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?
16:37 / 17.02.2026
Yanvarda O‘zbekistonga deyarli 1 mln turist: yetakchi uchlik - Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston
18:35 / 09.02.2026
Britaniya turoperatori Pekin - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha lyuks poyezdini yo‘lga qo‘yadi
14:30 / 03.02.2026