Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘ofurjon Mirzayev: «Toshkentning kelajagi Sirdaryoda»
Kelgusida Toshkent shahri kengayib borishi hisobiga, u yerdagi yirik ishlab chiqarish korxonalarini Sirdaryo viloyatiga ko‘chirishga to‘g‘ri keladi, deb hisoblamoqda Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, G‘ofurjon Mirzayev bu haqda Xalqaro press-klubning 14 oktyabrdagi sessiyasida aytib o‘tgan.
«Toshkentliklar xafa bo‘lmasin. Toshkentning kelajagi Sirdaryo deganman. Sababi – eng qulay yo‘lda joylashganmiz. Toshkent shahri baribir kengayadi, ertaga u yerdan zavod-fabrikalarni, ekologik tomondan ham, Toshkent shahridan ko‘chirishga to‘g‘ri keladi. Qayerga keladi shular? Albatta, uzoqroq hududga keladi», – dedi viloyat hokimi.
Mirzayev Sirdaryo aholisi turli hududlardan ko‘chib kelganlardan iborat ekanini aytar ekan, bu jihat muammo tug‘dirmasligini qayd etdi.
«Menga avval ham aytishgan: Sirdaryo cho‘llari o‘zlashtirilganda aholi turli hududlardan kelgan va qaysidir ma'noda «terma jamoa» shakllangan, deyish mumkin. Mana shunday viloyatni boshqarish qiyin emasmi, deb savol berishgan. O‘shanda ham aytganman, yana bir marta qaytaraman, viloyatimiz aholisi turli joylardan kelib, shakllangan ekan, demak biz «ikkinchi Amerika», bo‘lar ekanmiz», – deydi Sirdaryo viloyati hokimi.
Mavzuga oid
17:37 / 04.12.2025
Sirdaryodagi 9 ta tuman-shahar hokimlari Xitoyga yo‘l oladi
17:08 / 04.12.2025
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
11:15 / 01.12.2025
Sirdaryoda zovurga tushib ketgan Cobalt qutqaruvchilar tomonidan chiqarib olindi
17:40 / 11.11.2025