Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shuncha asabbuzarliklar shartmidi? Dehqonobod tuman MIB pensioner pulini qaytardi
Shu yilning 3 noyabr kuni «MIB noqonuniy undirilgan jarimani keksa pensionerga qachon qaytaradi?» sarlavhali tanqidiy maqola e'lon qilingan edi.
Kuni kecha pensioner Beknazar Jo‘rayev Kun.uz bilan bog‘lanib, muammo qisman hal bo‘lganini xabar qildi.
Uning bildirishicha, maqoladan so‘ng noto‘g‘ri undirilgan jarima bir martalik to‘lov bilan qaytarilgan hamda xonadonga yangi gaz hisoblagich o‘rnatilgan.
Albatta, maqolada aks etgan muammoni hal etishga tezkorlik bilan yondashish maqtovga arzigulik hol. Biroq lahzada hal qilish mumkin bo‘lgan ishni aprel oyidan beri sudrash, nafaqadagi inson va atrofidagilarning asabini buzish kimga kerak bo‘ldi, degan savol tug‘iladi.
Vaholanki, MIBning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tuman bo‘limi qarorini bekor qilgan chog‘dayoq barchasiga nuqta qo‘yish mumkin edi-ku.
Endi mulohaza yuritib ko‘raylik: ushbu tumanda, Qashqadaryo viloyatida, yoinki respublikada Beknazar Jo‘rayev singari o‘z haq-huquqini talab qilayotganlar, ammo u eshikdan bu eshikka sarson qilinayotganlar qancha ekan-a? Haqqini talab qilmay barchasiga ko‘nib ketayotganlarchi? Nahotki, ularning muammolari o‘z dardi-tashvishini jamoatchilik muhokamasiga olib chiqqanidan keyingina hal etilsa?!
O‘ylaymizki, ushbu arzimasdek ko‘ringan muammoning yoritilishi va ijobiy hal bo‘lishi MIBning boshqa hududlardagi bo‘limlari faoliyatiga yana bir bor tanqidiy nazar solinishiga sabab bo‘lsa...
Mavzuga oid
09:45 / 12.12.2025
Ijtimoiy tarmoqlarda MIB nomidan kelayotgan xabarlar feyk ekani aytildi
13:08 / 09.12.2025
Otasini ta’minlashdan bo‘yin tovlagan o‘g‘il 15 sutkaga qamaldi
10:06 / 27.11.2025
Aliment to‘lovchilar sug‘urta polisi orqali chet elga chiqishi mumkin bo‘ladi
14:24 / 17.11.2025