Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda «Niva» bilan to‘qnashgan avtobus ag‘darilib ketdi
Joriy yilning 26 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahar Gagarin ko‘chasida avtobus ag‘darilgani haqida xabarlar tarqaldi.
IIV YHXBB axborot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, joriy yilning 26 dekabr kuni soat 05:30larda Samarqand viloyati Samarqand shahar Gagarin va Fitrat ko‘chalari kesishmasida yo‘lovchi tashuvchi avtobus va “Niva” rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lib, avtobus ag‘darilgan.
To‘qnashuv natijasida yo‘lovchi tashuvchi avtobus haydovchisi birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan. Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan.
Mazkur hodisa yuzasidan Samarqand shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Mavzuga oid
19:30 / 13.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonda 1854 kishi YTH qurboni bo‘ldi
10:15 / 13.01.2026
Jizzaxda maktabdan qaytayotgan o‘quvchi piyodalar yo‘lagida mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:41 / 09.01.2026