Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda krossoverlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
Jizzaxda Xitoyning yirik "Dong Feng" va "Changan" avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan hamkorlikda "Dong Feng" krossoveri va “New Star Truck” avtomobillari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Bu haqda 2021—2023 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlangan Prezident qarorida keltirilgan.
Jizzax shahar hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, yiliga 27 ming dona avtomobil ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Loyiha 16,2 million dollarga baholangan bo‘lib, shundan 10,5 million dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar, 5,6 million dollar o‘z mablag‘lari tashkil etadi.
Loyiha Jizzax erkin iqtisodiy zonasi hududida amalga oshirilishi hamda zavodda 3 xil turdagi krossover, 2 xil turdagi yengil yuk tashuvchi va mikroavtobuslar ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan.
Ayni paytda zavod hududida keng ko‘lamdagi qurilish ishlari boshlab yuborilgan, deyiladi hokimlik xabarida.
Avvalroq, O‘zbekiston avtomobil sanoatida yangi mashinalar ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
10:54 / 18.12.2025
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi
13:55 / 11.12.2025
Jizzaxda bedarak yo‘qolgan IIB xodimi Bo‘stonliqdan topildi. U firibgarlikda gumonlanmoqda
22:21 / 06.12.2025
Xitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda
14:14 / 02.12.2025