Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini qo‘llashga ruxsat berildi
Bugungi kunda ushbu vaksinadan 1 million doza xarid qilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Foto: RIA Novosti
Rossiyaning Gamaleya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan «Sputnik V» vaksinasi uchinchi bosqich klinik sinovlari natijalari asosida O‘zbekistonda sertifikatlashtirilgan holda ommaviy qo‘llash jarayoniga ruxsat etildi. O‘zAning xabar berishicha, bu haqda Maxsus komissiya yig‘ilishida ma'lum qilindi.
Qayd etilishicha, vaksina uchinchi bosqich sinovlaridan keyin ma'qullangan.
«Bugungi kunda ushbu vaksinadan 1 million doza xarid qilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya vaksinasini sertifikatlashtirish jarayoni 11 fevral kuni Rossiya vaksinasini ishlab chiquvchilaridan zarur materiallar, xususan, vaksinaning klinik sinovlarining uchinchi bosqichi natijalari olinganidan so‘ng boshlangandi.
Bundan avvalroq O‘zbekistonda koronavirusga qarshi birinchi navbatda emlanadigan fuqarolar soni 4 milliondan ortiqni tashkil etishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:28 / 10.02.2026
SSV «koronavirusga qarshi vaksina olganlar hayoti xavf ostidaligi» haqidagi xabarga munosabat bildirdi
23:53 / 31.01.2026
Olimlar Nipah virusiga qarshi vaksina ishlab chiqishdi
18:06 / 29.01.2026
JSST O‘zbekistonni qizamiqdan xoli mamlakat maqomidan mahrum qildi
15:47 / 06.08.2025