Respublika maxsus komissiyasining 11 fevral kuni ötkazilgan yiğilişida Özbekistonda barqaror epidemiologik vaziyatni saqlab qoliş maqsadida koronavirus infeksiyasiga qarşi emlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar muhokama qilindi.
«Sönggi vaqtlarda jahonda koronavirus infeksiyasining yangi ştammi tarqalişi munosabati bilan aholini emlaş böyiça çora-tadbirlar sezilarli darajada jadallaşdi. Xususan, AQŞ, Buyuk Britaniya, Isroil, BAA, Xitoyda aholini koronavirus infeksiyasiga qarşi emlaş işlari keng kölamda amalga oşirilmoqda.
Şu munosabat bilan ötkazilgan Respublika maxsus komissiyasining yiğilişida mamlakatimizda barqaror epidemiologik vaziyatni saqlab qoliş maqsadida koronavirus infeksiyasiga qarşi emlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar muhokama qilindi.
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyevning Özbekiston delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasining Sputnik V koronavirus vaksinasini örganiş yuzasidan uşbu mamlakatga taşrifi natijalari böyiça hisoboti eşitildi.
Unda Sputnik V vaksinasi uçinçi bosqiç klinik sinovlari yakuniga yetkazilgani hamda Rossiya Federatsiyasida röyxatdan ötkazilgani, şuningdek, uşbu vaksinani Özbekistonda sertifikatlaştiriş va röyxatdan ötkaziş böyiça takliflar kelib tuşgani ta'kidlandi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Rossiya Federatsiyasi tomonidan taqdim etilgan uçinçi bosqiç klinik sinovlari natijalari tahlili muhokama qilingan va birlamçi bosqiçda sertifikatlaştiriş hamda röyxatdan ötkaziş jarayonini boşlaş mumkinligi ma'qullangan.
Şu bilan birga, Innovatsion rivojlaniş va Soğliqni saqlaş vazirligining Özbekistonda Xitoyning «Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.,Ltd» kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan koronavirusga qarşi «ZN2001» vaksinasining Özbekistonda 2020 yil dekabr oyidan boşlab 7 mingdan ortiq köngillilarda ötkazilayotgan uçinçi bosqiç klinik sinovlari, şu jumladan, hozirgi kunga qadar birorta vaksina qabul qilgan köngillida uning nojöya ta'siri kuzatilmagani böyiça axboroti tinglangan.
Yiğilişda Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga Özbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarşi emlaşni ötkaziş algoritmi va alohida tartibini işlab çiqiş böyiça topşiriq berilgan.
Bunda koronavirus infeksiyasiga qarşi emlaşni faqatgina ixtiyoriylik tamoyili asosida amalga oşiriş, şuningdek, birinçi navbatda koronavirus yuqiş xavfi darajasi yuqori bölgan quyidagi şaxslarni emlaş nazarda tutiladi:
- 65 yoşdan oşgan qariyalar va keksalar;
- surunkali kasalliklari bor şaxslar;
- tibbiyot xodimlari;
- maktab va maktabgaça ta'lim taşkilotlari hamda oliy ta'lim muassasalari xodimlari;
- aholi bilan bevosita muloqotga kirişadigan huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari.
Yanvar oyida Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşliği Bahodir Yusupaliyev Özbekistonda «Sputnik V» vaksinasini tezkor sertifikatsiyalaş masalasi ustida işlanayotgani va vaksina işlab çiqarişni mahalliylaştiriş böyiça ham muzokaralar olib borilayotgani haqida ma'lum qilgandi.
10 fevral kuni prezident Şavkat Mirziyoyev videoselektor vaqtida Özbekistonda aholini koronavirusga qarşi emlaşni boşlaş zarurligi haqida gapirdi.













