Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Eronga qarshi sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
Jo Bayden Bill Klinton ma'muriyati davrida Eronga nisbatan e'lon qilingan "favqulodda holat" rejimi bir yilga uzaytirilgani to‘g‘risida kongressga bildirishnoma jo‘natgan.
Foto: AP Photo/Patrick Semansky
AQSh prezidenti Jo Bayden Eronga qarshi 1995 yilda kiritilgan sanksiyalarning amal qilish muddatini yana bir yilga uzaytirdi.
Bayden Bill Klinton ma'muriyati davrida Eronga nisbatan e'lon qilingan "favqulodda holat" rejimi bir yilga uzaytirilgani to‘g‘risida kongressga bildirishnoma jo‘natgan.
"Eron hukumatining harakatlari va siyosati milliy xavfsizlik, xalqaro siyosat va AQSh iqtisodiyotiga alohida xatar solishda davom etmoqda", - deyiladi AQSh prezidentining kongress rahbariyatiga yuborgan bildirishnomasida.
1995 yil 15 martda AQSh prezidenti Bill Klinton Amerikaning Conoco kompaniyasi va Eron milliy neft kompaniyasi o‘rtasidagi kelishuvni bloklagan, 8 mayda esa AQSh firmalariga Eron neft va gaz konlarida ish olib borishni taqiqlovchi farmonni imzolagandi.
Mavzuga oid
09:10
Eronda namoyishlar: hal qiluvchi soatlarda internet deyarli to‘liq o‘chirildi
09:04
Tehron Yevropa davlatlarini “ikkiyuzlamachilik”da aybladi
08:32
Eronda ommaviy namoyishlar kuchaymoqda: qurbonlar soni ortyapti
22:40 / 09.01.2026