Jahon | 13:16 / 09.03.2021
23770
2 daqiqa o‘qiladi

Qon bosimini dorilarsiz tushirishning asosiy usullari ma'lum qilindi  

Foto: Fotolia / Rido

Turkiyalik shifokorlar qon bosimini dorilarsiz tushirishning asosiy usullarini sanab o‘tishdi

Mutaxassislar buning uchun birinchi navbatda ovqatlanishdagi odatlarni qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qilishmoqda, jumladan, tuz iste'molini kamaytirish, ratsionga oqsilga boy taomlarni hamda kaliyga boy mahsulotlarni qo‘shish, achchiq shokolad iste'mol qilish lozim.

Keyingi navbatda ichimliklar iste'moliga e'tibor qaratish lozim: qon bosimini me'yorga keltirish uchun kofein saqlovchi ichimliklardan voz kechib, ularni ko‘k choy yoki gibiskus (Xitoy atirguli) negizidagi o‘tli choylar bilan almashtirish lozim.

Bundan tashqari, shifokorlar turmush tarzining qolgan jihatlariga e'tibor qaratishni va stress holatlaridan qochishni tavsiya qilishmoqda. Chunki stress ortida yurak qisqarishlari sonini oshiruvchi va qon tomirlarini toraytiruvchi gormonlar ishlab chiqariladi.

Shuningdek, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish, hattoki piyoda yurish ham qon bosimini tushiruvchi dorilar kabi samarali hisoblanadi. 

Mavzuga oid