Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda ikki kunda 4 kishi avtohalokatdan vafot etdi
10 aprel kuni Xatirchi, 11 aprel kuni esa Navbahor tumanida sodir bo‘lgan ayanchli avtohalokatlar oqibatida 2 kishi voqea joyida, 2 kishi shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
Navoiy viloyati IIB YHXB axborot xizmati rahbari Farruh Yakubovning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, fuqaro Z.H. 11 aprel kuni o‘ziga tegishli bo‘lgan «Nexia-3» avtomashinasida Nurota tumanidan qaytayotgan bo‘lgan. Soat 18:20 larda Navbahor tumani hududidan o‘tgan 4R-57 avtomobil yo‘lining 22-23 kilometrlari oralig‘ida u boshqaruvni yo‘qotgan va mashina yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilgan.
Oqibatda haydovchi Z.H. hamda yo‘lovchisi J.R. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida, yana bir yo‘lovchi U.B. esa Navbahor tumani tibbiyot birlashmasida vafot etgan.
Shuningdek, 10 aprel kuni soat 20:30 larda Xatirchi tumanida ham oqibati o‘lim bilan tugagan avtohalokat sodir bo‘lgan. Fuqaro F.Z. «Nexia-3» mashinasini tuman hududidan o‘tuvchi 4R-48 avtomobil yo‘lida boshqarib borayotib, yo‘l chetida velosipedda harakatlanib ketayotgan S.F.ni urib yuborgan. Og‘ir tan jarohati olgan velosipedchi tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Avvalroq Navbahor tumanida mast piyoda avtohalokat qurboniga aylangandi.
Mavzuga oid
16:57 / 28.01.2026
Navoiyda oltin qazish faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanib kelgan guruh ushlandi
14:16 / 24.01.2026
Uyda o‘tirib daromad topayotgan qishloq kelini: onlayn faoliyat orqali mustaqillikka erishgan 22 yoshli Marjona haqida
11:39 / 22.01.2026
Zarafshonda savdo do‘konlarida yong‘in: 7 ta do‘kon zarar ko‘rdi
18:20 / 19.01.2026