Ma'lum qilinişiça, 15 mart kuni soat 20:30larda Navbahor tumani hududidan ötgan 4R-63 avtomobil yölining 86-kilometrida 26 yoşli haydovçi «Nexia» maşinasini boşqarib kelayotib, tösatdan yölning belgilanmagan joyidan kesib ötgan 50 yoşli fuqaroni urib yuborgan. Fuqaro öta mast holatda bölgani aniqlangan.

Avtohalokat oqibatida piyoda hodisa joyida vafot etgan. Şuningdek, YTH sabablari örganilganda yölga tungi yoritiş çiroqlari örnatilmagani ma'lum bölgan.

Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Xatirçi tumanida 42 yoşli, Konimex tumanida 58 yoşli fuqaro avtohalokat tufayli vafot etgan edi.