Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokimlar ring va tatamida - Andijon hokimlaridan master klasslar
Andijonda “Yoshlar forumi 2021” festivaliga start berildi. Festival doirasida tashkil etilayotgan sport musobaqalarida hokimlar va sektor rahbarlari o‘ziga xos master klass o‘tib berdi. Kun.uz muxbiri mazkur forumdagi sektor rahbarlarining chiqishlaridan fotogalereyani taqdim etdi.

Paxtaobod tumani hokimi Mahmudjon Bozorov andijonliklarning sevimli sporti bo‘lmish boksda ringga ko‘tarildi.


Oltinko‘l tumani hokimi Iqboljon Matro‘ziyev karatedagi raqibi bilan tatamida kurash olib borgan bo‘lsa, qolgan sektor rahbarlari basketbol savatchasini "nishon"ga olishdi.

Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyev yoshlar bilan bir qatorda velopoygada ishtirok etdi. G‘olib kim bo‘ldi deb o‘ylaysiz?
Jalaquduq tumani hokimi Hikmatillo Latipov yashil maydonda top surdi. Gol urgan, urmaganini bila olmadik.


O‘zbek jang san'atidagi "chiqishi" bilan Asaka tuman hokimi Mansurbek Alixonov internetni "portlatdi" deya olamiz. Tuman hokimi ortidan sektor rahbarlari ham tatamiga chiqib, master klass o‘tishdi.
Marhamat tumani hokimi Boburjon Yuldashev esa "aql gimnastikasi" bo‘yicha raqibi bilan kuch sinashdi.
Buloqboshi tumani IIB boshlig‘i Omadbek Akbarov esa shashka o‘ynayotganini ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid
21:33 / 22.12.2025
“Bizni tinch qo‘yishsa, ko‘proq hosil olamiz” – Kogonlik fermer o‘zi va hamkasblari qanday sharoitda ishlayotgani haqida
12:21 / 22.12.2025
Andijonda bozor rastasi quladi (video)
22:08 / 13.12.2025
Andijon va Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
08:25 / 11.12.2025